Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Rednapp: «Arteta bu qarori uchun maqtovlarga loyiq»

Rednapp: «Arteta bu qarori uchun maqtovlarga loyiq»

Baho:
+ | -

«Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi Garri Rednapp «Arsenal»ning London derbisidagi g‘alabasidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Mikel Arteta shogirdlari «Fulxem»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi, gollarga Viktor Dyokeresh (dubl) va Bukayo Saka mualliflik qilishdi.

«Arsenal»dan ajoyib g‘alaba. Bugun g‘alaba qozonish juda muhim edi. Jamoaning bu ishni uddalagani, ayniqsa, birinchi bo‘limdagi o‘yini tahsinga loyiq. Maylz Lyuis-Skellining maydonda ko‘rinishi kutilmagan hol bo‘ldi, ammo u dastlabki daqiqalardan boshlab haqiqiy energiya va shijoat ko‘rsata oldi. Bu qolgan futbolchilarga ham qo‘shimcha kuch va xotirjamlik bag‘ishladi. Ushbu o‘zgarish uchun Arteta katta maqtovlarga loyiq», — deya ekspertning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Hozirda «to‘pchilar» 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Manchester Siti» hisobida 70 ochko mavjud, biroq «shaharliklar» zaxirasida yana 2 ta o‘yin bor.

Kiritildi: 13:08, 03.05.2026.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик