Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Chex «Chelsi»ning yangi xo‘jayinlari davridagi rivojlanish strategiyasiga baho berdi

Chex «Chelsi»ning yangi xo‘jayinlari davridagi rivojlanish strategiyasiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq darvozaboni Peter Chex London klubining yangi rahbariyat ostidagi strategiyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Siz nimaga erishmoqchi ekaningizga qarashingiz kerak. Sizda yosh, iqtidorli o‘yinchilar bo‘lishi va ular bilan g‘alaba qozonishingiz mumkin, ammo bunga juda kamdan-kam hollarda erishiladi. Agar siz yosh, iqtidorli futbolchilarni jalb qilish va ularni rivojlantirishga e’tibor qaratsangiz — bu bir masala, lekin har mavsumda g‘alaba qozonish va raqobatlashishni istasangiz — bular bir-biriga mos kelmaydigan narsalar. Siz falsafangizni o‘zgartirishingiz kerak.

Ba’zi narsalar bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki Chempionlar Ligasi yoki APLda g‘olib chiqish uchun... Bu juda murakkab musobaqalar va siz barqaror bo‘lishingiz kerak. Sizga jamoaning kuchli o‘zagi (skeleti) kerak. Ana undan keyin yosh, iqtidorli o‘yinchilarni jalb qilishingiz mumkin. Ular tajribali futbolchilar ko‘magida tezroq o‘sadilar va qiyin damlarda ularga tayana oladilar.

Tarkibning aksariyati yoshlardan iborat bo‘lsa va ularda og‘ir vaziyatlardan chiqib ketish tajribasi bo‘lmasa, ular bir-biriga qarab: «Xo‘sh, menga kim yordam beradi?» deb o‘ylab qolishadi. Bu ular uchun juda qiyin bo‘lishi mumkin. Siz qaysi bosqichda ekaningizni va sizga aynan nima kerakligini anglab yetishingiz shart», — dedi Chex The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Ayni damda «Chelsi» Angliya chempionati turnir jadvalida 34 turdan keyin 48 ochko jamg‘argan holda to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 15:13, 03.05.2026.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик