Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Pulishich «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi

Pulishich «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi

Baho:
+ | -

«Milan» vingeri Kristian Pulishich oldinroq «Chelsi» safida to‘p tepgan Angliyaga qaytishi mumkin. Grem Beyli bergan ma’lumotlarga ko‘ra, amerikalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining shartnomasi yakunlanishiga bor-yo‘g‘i 12 oy qolgan va o‘tgan yildan beri «rossonerilar» unga yangi kelishuv borasida hech qanday taklif bilan chiqishmagan. «Qizil iblislar» ham hozircha Pulishich transferi bo‘yicha rasmiy taklif yuborishmadi, biroq yaqin oylarda muzokaralarni boshlash niyatidalar.

Joriy mavsumda Kristian Pulishich «Milan» safida barcha turnirlarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘nta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:25, 03.05.2026.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик