Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«PSJ» «Real» himoyachisining transferi ustida ishlamoqda

«PSJ» «Real» himoyachisining transferi ustida ishlamoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Xoan Martines «Pari Sen-Jermen»ga o‘tishi mumkin. Parij grandining strategik maslahatchisi Luish Kampush 18 yoshli futbolchini sotib olishga qiziqish bildirdi.

Marca nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» bir necha oydan beri «Kastilya»da to‘p tepayotgan yosh ispaniyalikni kuzatib kelmoqda. Klub rahbariyati Martines Parij klubining yangi strategiyasiga — ya’ni superyulduzlardan voz kechib, yosh iqtidorlarga stavka qilish tizimiga to‘liq mos keladi, deb hisoblamoqda.

Martinesni qo‘lga kiritish ancha qiyin bo‘ladi, chunki «qaymoqranglilar» unga katta umid bog‘lashgan va sotishni istashmayapti. Futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi, tovon puli esa 150 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:38, 03.05.2026.
O'qildi: 1175 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик