Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Napoli» Lukaku sotuvidan qancha mablag‘ ishlab olmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

«Napoli» Lukaku sotuvidan qancha mablag‘ ishlab olmoqchi ekani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Hujumchi Romelu Lukaku katta ehtimol bilan shu yozda «Napoli»ni tark etadi. Nikolo Skira bergan ma’lumotlarga ko‘ra, forvard Jahon chempionati yakunlanganidan keyin Neapol klubidan ketadi.

«Napoli» belgiyalik futbolchining sotuvidan 10 million yevro ishlab olmoqchi. Turkiya va Saudiya Arabistonining ba’zi jamoalari hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Lukakuning «Napoli» bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan, uning maoshi esa bir mavsum uchun 8 million yevroni tashkil etadi.

Romelu Lukaku 2024 yilda «Chelsi»dan 30 million yevro evaziga «Napoli»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi neapolitanliklar safida barcha turnirlarda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi. Transfermarkt portali Lukakuning qiymatini 12 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:53, 03.05.2026.
O'qildi: 724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик