Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Messi «Inter Mayami» kiyinish xonasida jamoadoshlari bilan jiddiy gaplashib oldi

Messi «Inter Mayami» kiyinish xonasida jamoadoshlari bilan jiddiy gaplashib oldi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» himoyachisi Yen Frey MLS chempionati doirasida «Orlando Siti»ga qarshi kechgan bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng, jamoa hujumchisi Lionel Messining futbolchilarga yo‘llagan murojaati haqida so‘zlab berdi. Messi jamoasi uchrashuv davomida 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi, biroq yakunda 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Leo uchrashuvdagi gollardan biriga mualliflik qildi.

«Sardorimiz kiyinish xonasida nutq so‘zladi va ochig‘ini aytganda, bizga ko‘p narsalarni tushuntirdi. U keyingi o‘yin oldidan bizni ruhlantirdi va bunday natija qabul qilib bo‘lmas ekanini aytdi. Barchamiz uning fikriga qo‘shildik — bu haqiqatan ham qabul qilib bo‘lmas holat va bunday voqea boshqa takrorlanmasligi aniq», — dedi Frey.

«Inter Mayami» 11 o‘yindan so‘ng 19 ochko jamg‘argan. Lionel Messi jamoasi Sharqiy konferensiyada uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 16:50, 03.05.2026.
O'qildi: 1708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик