Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Arbeloa: «Vinisiusni Mbappe bilan solishtirishni istamayman»

Arbeloa: «Vinisiusni Mbappe bilan solishtirishni istamayman»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya chempionatining 34-turida «Espanyol»ga qarshi o‘yindan (2:0) so‘ng Vinisius Juniorni Kilian Mbappe bilan taqqoslash masalasiga munosabat bildirdi. Ushbu uchrashuvda braziliyalik vinger dubl qayd etdi, fransiyalik hujumchi esa jarohati sabab o‘yinda ishtirok etmadi.

Murabbiyga Vinisius Mbappega nisbatan jamoaviyroq o‘yinchi ekani haqida savol berildi.

— Yo‘q. Aniqrog‘i, men futbolchilarni solishtirishni istamayman. Bizga barcha o‘yinchilar kerak. Ilk kundanoq aytganman: har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun hammaning hissasi va ishtiroki talab etiladi. Raqiblar bizdan ko‘proq yugurishini ko‘rsam, bu meni xavotirga soladi.

Bu faqat to‘psiz o‘yinga taalluqli emas — to‘p bilan harakatda ham shunday. Ko‘proq harakat, ko‘proq ochilish, to‘psiz yugurishlar kerak. Ba’zan uzatma olish uchun o‘n marta yugurishga to‘g‘ri keladi.

Barcha futbolchilar pressingda, himoyada va hujumda faol bo‘lishi shart. Zamonaviy futbolda faqat iste’dod yetarli emas — agar sen mukammal, mag‘lub etish qiyin bo‘lgan jamoa bo‘lmoqchi bo‘lasan.

Menga o‘yinchilarning shuni anglashi yoqadi: o‘yinda faol ishtirok etish — bu shunchaki muhim jihat emas, balki «Real» qadriyatlarining bir qismi. «Real Madrid» tarixi haqida gapirganda, bu shunchaki olifta futbolchilardan tashkil topgan jamoa emas, bu terga botgan, loyga belangan, kuch va fidoyilik bilan o‘yinni yakunlaydigan jamoa. Aynan shu narsa bizni jahonning eng yaxshi klubiga aylantiradi, — dedi Arbeloa.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Kilian Mbappe barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 41 ta gol va 6 ta assist qayd etgan. Vinisius Junior esa 50 ta o‘yinda 21 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:17, 04.05.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик