Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Kerrik «MYU»dagi kelajagi va YECHL yo‘llanmasi haqida fikr bildirdi

Kerrik «MYU»dagi kelajagi va YECHL yo‘llanmasi haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z kelajagi borasidagi savollarga javob berdi. Yakshanba kuni mersisaydliklarga qarshi kechgan bahsdagi muvaffaqiyat (3:2) «qizil iblislar»ga Chempionlar ligasi yo‘llanmasini kafolatladi. Biroq amaldagi ustoz mavsum yakunlangach o‘z lavozimida qolish-qolmasligi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

«Agar jamoada qolmasam, hafsalam pir bo‘ladimi? Kutish kerak. Menimcha, men kelgan vaqtimda Chempionlar ligasiga qaytish istiqboli ancha yiroq ko‘rinayotgan edi. Biz shunday katta farqni yo‘qqa chiqarib, mavsum yakuniga uch tur qolganda YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritganimiz — hayratlanarli yutuq. Ammo bu shunchaki bir qadam, biz buni haddan tashqari bayram qilmaymiz. Kelajakda nima bo‘lishidan qat’i nazar, men klub va futbolchilar uchun o‘z ishimni eng yaxshi tarzda bajarishga harakat qilaman. Ko‘ramiz», — deya Kerrikning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda UtdDistrict.

Angliyalik mutaxassis yanvar oyida Ruben Amorimning o‘rnini egallab, boshqaruvga kelgan edi.

Kiritildi: 11:57, 04.05.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик