Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Yago Aspas — Ispaniya chempionatida debyutidan beri eng ko‘p gol urgan mahalliy hujumchi

Yago Aspas — Ispaniya chempionatida debyutidan beri eng ko‘p gol urgan mahalliy hujumchi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik faxriy hujumchi Yago Aspas La Liganing navbatdagi turida yana gol urdi. U «Elche» darvozasini ishg‘ol qildi va uning jamoasi — «Selta» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Vigo klubi La Liga turnir jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va endilikda yevrokuboklarda ishtirok etish uchun da’vogarlik qilmoqda.

Bu Aspas uchun 2012/2013 yilgi mavsumdagi debyutidan beri Ispaniya chempionatidagi 171-gol bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich shuni anglatadiki, u yuqori divizionda to‘p sura boshlagan davridan buyon eng samarador ispaniyalik hujumchiga aylandi. Ehtimol, u bundan ham ko‘proq gol urishi mumkin edi, biroq faoliyatining boshida «Selta» ma’lum muddat Segundada (Ispaniya ikkinchi divizioni) ishtirok etgan va Aspas o‘sha paytda gollarini aynan o‘sha yerda kiritgan edi.

Kiritildi: 12:36, 04.05.2026.
O'qildi: 477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик