Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

«Inter» chempion murabbiy Kristian Kivuni taqdirlaydi

«Inter» chempion murabbiy Kristian Kivuni taqdirlaydi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda mashhur insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shartnomani uzaytirish jarayoni yakuniy bosqichda turibdi. Hozirda so‘nggi detallar muhokama qilinmoqda, hujjatlarni imzolash esa mavsum yakunida rejalashtirilgan. Yangi kelishuv 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutiladi. Qayd etilishicha, Kivuning yillik maoshi 4 million yevroni tashkil qiladi, bunga qo‘shimcha ravishda turli bonuslar ham qo‘shib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kivu o‘tgan yozda «Inter» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. Avvalroq Milan klubi «Parma»ni mag‘lub etib (2:0), muddatidan oldin Italiya chempioniga aylandi. Shuningdek, 13 may kuni Kivu shogirdlari Italiya Kubogi finalida «Lasio» bilan to‘qnash kelishadi va «oltin dubl»ni qayd etishlari mumkin.

Kiritildi: 12:50, 04.05.2026.
O'qildi: 759 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик