Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

«PSJ» Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisining kelajagi borasida bir qarorga keldi

«PSJ» Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisining kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

«PSJ» rahbariyati yozgi transfer oynasi oldidan hujumkor yarim himoyachi Randal Kolo Muanining taqdirini hal qildi.

Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya terma jamoasi a’zosini o‘z rejalariga kiritmagan va unga jamoaning uzoq muddatli loyihalarida o‘rin yo‘qligini ma’lum qilgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar bermoqda.

27 yoshli futbolchi hozirda ijara asosida «Tottenxem»da to‘p surmoqda. U joriy mavsumda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kolo Muanining ingliz klubi bilan ijara shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi va u Parijga qaytishi kutilmoqda. Biroq «PSJ» rahbariyati futbolchi bilan butunlay xayrlashish niyatida va kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Futbolchining transfer narxi taxminan 40 million yevroga baholanmoqda. «PSJ» bo‘lajak transfer oynasida ushbu summa bo‘yicha aniq takliflarni kutadi.

Kiritildi: 16:00, 04.05.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик