Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Lautaro: «Eng yaxshisiga intilishda davom etish muhim»

Lautaro: «Eng yaxshisiga intilishda davom etish muhim»

Baho:
+ | -

«Inter» hujumchisi Lautaro Martines muddatidan oldin qo‘lga kiritilgan Skudettodan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yakshanba kuni «neradzurri» «Parma»ni mag‘lub etdi (2:0) va Seriya A yakunidan 3 tur oldin chempionlikni naqd qildi.

«Ilgari aytgan gaplarim — bu men his qilgan va ichimda saqlab kelgan narsalar edi. Menga yoqmagan ba’zi holatlarni ko‘rdim va o‘ylaganlarimni aytdim. Hozir biz juda baxtlimiz. Barcha sovrinlarni boy bergan mavsumimizdan keyin hammasini yangidan boshlash oson bo‘lmadi, lekin bugun juda xursandman.

Bu biz uchun juda muhim maqsad edi. O‘tgan mavsumdagi voqealarni hisobga olsak, ko‘pchilik bizni favorit deb hisoblamagandir, lekin biz maydonda ham, uning tashqarisida ham qattiq mehnat qildik. Ko‘p yillardan beri Italiya va Yevropada o‘zimizni ko‘rsatib kelyapmiz, uch yil ichida ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdik. Biz shu yo‘lda davom etishimiz kerak, chunki g‘alabadan keyingi eng muhim narsa — eng yaxshisiga intilishda davom etishdir.

Ligamizdagi raqobatda jamoaviy konsentrasiyani saqlab qola oldik. Jamoadagi birdamlik meni hammadan ham ko‘proq hayratda qoldirmoqda.

Murabbiy yangi kuch va ishtiyoq olib kelib, ajoyib ishni amalga oshirdi. Simone [Indzagi] bilan o‘tgan ajoyib to‘rt yildan so‘ng, ehtimol, [boy berilgan] Chempionlar ligasi finalidan keyin muhitni o‘zgartirish kerak bo‘lgandir. Kivu hamma o‘zini jamoaning bir qismi deb hisoblashi va mashg‘ulotlarda yuzida tabassum bilan qatnashishini ta’minladi, bu esa haqiqatan ham yordam berdi.

Sovrinlar turadigan javonda har doim joy topiladi! Bu mening va «Inter»ning mentaliteti, shuning uchun ushbu futbolkani kiyib yurganimdan faxrlanaman», — dedi Lautaro DAZN Italia nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 16:30, 04.05.2026.
O'qildi: 451 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик