Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Nunu Mendesh YECHLda 50 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh portugaliyalikka aylandi

Nunu Mendesh YECHLda 50 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh portugaliyalikka aylandi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» himoyachisi Nunu Mendesh UYEFA Chempionlar ligasi yarim finali doirasidagi «Bavariya»ga qarshi kechgan birinchi o‘yinda (5:4) maydonga tushdi. Shu tariqa, u Ko‘hna qit’aning eng nufuzli klub turnirida 50 ta uchrashuv o‘tkazgan eng yosh portugaliyalik futbolchi sifatida tarixga kirdi.

Myunxenliklarga qarshi bahs paytida Mendesh 23 yosh 313 kunlik edi. Avvalgi rekord «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» sobiq hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, u ushbu marrani 24 yosh 83 kunligida zabt etgan edi.

Nunu Mendesh joriy mavsumda barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 20:06, 04.05.2026.
O'qildi: 600 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик