Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

TEPE Sigeman shaxmat turniri. Abdusattorov Erigaisi bilan durang o‘ynadi, Magnus dramatik o‘yinda yutqazdi

TEPE Sigeman shaxmat turniri. Abdusattorov Erigaisi bilan durang o‘ynadi, Magnus dramatik o‘yinda yutqazdi

Baho:
+ | -

Nodirbek Abdusattorov shaxmat bo‘yicha nufuzli TEPE Sigeman turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. U 4-tur doirasida hindistonlik Arjun Erigaisiga qarshi bahs olib bordi va durang qayd etdi.

Vaholanki, o‘yin davomida hamyurtimiz ustunlikka erishgan edi. Ammo 30-yurishda noaniqlik yo‘l qo‘yishi oqibatida vaziyat tenglashib qoldi. Arjun bahs oxirigacha to‘g‘ri himoyalandi va bellashuv 62-yurishda yakunlandi. Shu tariqa, Nodirbek ochkolari sonini 2,5 taga yetkazib olgan holda qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 2-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘ringa esa turkiyalik Yagiz Kaan Erdogmush ko‘tarilib oldi (3 ochko).

Jahonning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen va niderlandiyalik Yorden van Forest o‘rtasidagi o‘yin dramatik kurashlar ostida kechdi. Norvegiyalik shaxmatchi o‘yin o‘rtalarida sifat berishgga majbur bo‘ldi va ustunlik van Forest tomoniga o‘tdi. Magnus esa yaxshi himoyalanib, endshpilga kelganda vaziyatni tenglashtira oldi. Ammo har ikki shaxmatchi seytnotga kirib qolgani uchun birin-ketin xatolarga yo‘l qo‘ya boshlashdi. 88-yurishga kelib Karlsenning Oti qo‘lga tushgach, u o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.

Musobaqa 7 mayga qadar Shvesiyaning Malmyo shahrida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda Nodirbek Abdusattorovdan tashqari Magnus Karlsen (Norvegiya), Arjun Erigaisi (Hindiston), Jorden van Forest (Niderlandiya), Nils Grandelius (Shvesiya), Yag‘iz Kaan Erdog‘mus (Turkiya), Endi Vudvard (AQSH) va Ju Jiner (Xitoy) ishtirok etmoqda.

Vaqt nazorati va o‘ziga xos qoidalar
Turnir klassik shaxmat qoidalariga ko‘ra, quyidagi vaqt nazoratida o‘tkaziladi:
Dastlabki 40 ta yurish uchun 90 daqiqa;
O‘yin oxirigacha esa yana 30 daqiqa vaqt beriladi;
Birinchi yurishdan boshlab har bir yurish uchun 30 soniya qo‘shib boriladi.
Musobaqada "Malmyo qoidalari" amal qiladi — unga ko‘ra, o‘yinchilar 40-yurishga qadar o‘zaro durangga kelishishlari taqiqlanadi.

Musobaqa formati
8 nafar ishtirokchi 7 ta tur davomida aylanma (round-robin) tizimida bir-biriga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, ushbu turnirda ketma-ket ikki yildan buyon o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alaba qozongan. 2024-yilda Nodirbek Abdusattorov, 2025-yilda esa Javohir Sindorov chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:49, 04.05.2026.
O'qildi: 1478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик