Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

«Shalke» 40 yoshli Edin Jeko borasida qaror qabul qildi

«Shalke» 40 yoshli Edin Jeko borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Gelzenkirxenning «Shalke» klubi 40 yoshli markaziy hujumchi Edin Jeko borasidagi rejalarini belgilab oldi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.

Jurnalistning ma’lumotiga ko‘ra, Bundesligaga qaytishni muddatidan oldin ta’minlagan nemis klubi bosniyalik faxriyni keyingi mavsum uchun ham jamoada saqlab qolishga qaror qilgan. «Kobalt ranglilar» futbolchi bilan hamkorlikni 2027 yilning yoziga qadar uzaytirishni istamoqda.

Jeko jamoaga 2026 yilning yanvar oyida kelib qo‘shilgan edi. Joriy mavsumda hujumchi 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi. «Shalke» mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganda Ikkinchi Bundesliga jadvalida peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisini 8 ochkoga ortda qoldirgan.

Kiritildi: 11:12, 05.05.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик