Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

La Liga klublari qatorasiga ikkinchi yil YECHL finalidan quruq qolishdi

La Liga klublari qatorasiga ikkinchi yil YECHL finalidan quruq qolishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya klublari ketma-ket ikki yildan beri Chempionlar ligasi finaliga chiqa olmayapti.

«Atletiko» yarim finalning javob uchrashuvida safarda «Arsenal»ga imkoniyatni boy berdi (0:1, birinchi o‘yin – 1:1) va musobaqani tark etdi. Ikkinchi yarim finalda esa «PSJ» va «Bavariya» o‘zaro to‘qnash kelishmoqda (birinchi o‘yin – 5:4).

Joriy mavsumda La Liga sharafini, shuningdek, «Barselona» (chorak finalda «Atletiko»ga mag‘lub bo‘ldi – 0:2, 2:1), «Real» (chorak finalda «Bavariya»dan yengildi – 1:2, 3:4), «Atletik» (29-o‘rin, pley-offga chiqa olmadi) va «Vilyarreal» (35-o‘rin, pley-offga chiqa olmadi) klublari himoya qilgan edi.

Bunga qadar so‘nggi 11 mavsum davomida Ispaniya klublari 7 marta finalda o‘ynab, ularning barchasida g‘alaba qozonishgandi: 6 bor «Real» va bir marta «Barselona» bosh sovringa ega chiqqan.

Kiritildi: 02:15, 06.05.2026.
O'qildi: 358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик