Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan «Arsenal» va «Atletiko» jamoalarining birinchi bo‘limdagi o‘yinidan ta’sirlanmadi.
Ingliz klubi yarim finalning javob uchrashuvida ispanlarni mag‘lub etdi (1:0, birinchi o‘yin – 1:1).
«35-daqiqadayoq shunday dedim: UYEFA bunga aralashishi kerak. Ular Londonga qo‘ng‘iroq qilib: «Har ikki jamoa, shunchaki maydonni tark eting. Final ertaga («Bavariya» va «PSJ» o‘rtasida) bo‘lib o‘tadi», deyishi lozim edi. Bu shunday bo‘lishini bilardik: «Atletiko» bloklarda, faqat himoyalanmoqda, «Arsenal» esa to‘pga ko‘p egalik qilyapti.
Tarkiblarga yana bir bor qarab shuni tushundimki, Arteta allaqachon haykal qo‘yilishiga loyiq. Uning ixtiyorida top-darajadagi o‘yinchilar yo‘q, shunga qaramay u «Atletiko»ni himoyaga yotib olishga majbur qilyapti — bu hayratlanarli. Ular gol urganidan xursand bo‘ldim», — dedi Sneyder tanaffus paytida Ziggo Sport efirida.













