Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

David Rayya YECHLda Kanisares va Navasning natijasini takrorladi

David Rayya YECHLda Kanisares va Navasning natijasini takrorladi

Baho:
+ | -

«Arsenal» darvozaboni David Rayya joriy Chempionlar ligasining 13 ta o‘yinidan 9 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

30 yoshli ispaniyalik posbon yarim finalning «Atletiko»ga qarshi kechgan javob uchrashuvida (1:0, birinchi o‘yin – 1:1) navbatdagi «quruq» o‘yinini o‘tkazdi.

Rayya Chempionlar ligasining bir mavsumida 9 ta o‘yinda gol o‘tkazmagan ilk ispaniyalik va ingliz klublarining ikkinchi darvozaboniga aylandi. Bunga qadar bunday natijani Santyago Kanisares («Valensiya», 2000/01), Keylor Navas («Real», 2015/16) va Eduar Mendi («Chelsi», 2020/21) qayd etishgan edi.

Chempionlar ligasining joriy mavsumida «quruq» o‘yinlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni «Tottenxem» a’zosi Gulyelmo Vikario egallab turibdi — 10 ta o‘yindan 6 tasida darvozasi daxlsizligini saqlagan.

Kiritildi: 02:38, 06.05.2026.
O'qildi: 351 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик