Aris Elustondo endi «Real Sosyedad» safida to‘p surmaydi.
Klub 32 yoshli himoyachi mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qildi.
«Sosyedad» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Elustondo San-Sebastyan klubining asosiy jamoasida 11 mavsum davomida to‘p surdi va jami 310 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ushbu davr mobaynida u ikki bor Ispaniya Kubogi g‘olibiga aylangan.













