«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Arsenal»dan qabul qilingan mag‘lubiyatdan (0:1) so‘ng London jamoasini finalga chiqqani bilan tabrikladi.
«Arsenal»ni tabriklayman, ular bunga loyiq edilar, chunki ko‘p yillardan beri finalga chiqish uchun kurashib kelishayotgandi. Mikel Arteta ishonib bo‘lmas darajadagi ishni amalga oshirdi, shu bois men ular uchun xursandman», — deya Simeonening so‘zlarini keltiradi BBC.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi o‘yin — 1:1) «Arsenal» Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. U yerda londonliklar «PSJ» — «Bavariya» juftligi (birinchi o‘yin — 5:4) g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi. Final bahsi 30 may kuni Budapeshtdagi «Ferens Pushkash» stadionida bo‘lib o‘tadi.













