Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

«Bavariya»mi yoki «PSJ»? Saka YECHL finali uchun raqib tanladi

«Bavariya»mi yoki «PSJ»? Saka YECHL finali uchun raqib tanladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Bukayo Saka Chempionlar ligasi finalida qaysi raqib bilan to‘qnash kelishni afzal ko‘rishi haqidagi savolga javob berdi. Seshanba kuni «kanonirlar» Madridning «Atletiko» jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylanishdi. Ikkinchi yo‘llanma esa chorshanba kuni «Bavariya» va «PSJ» o‘rtasidagi bahsda o‘ynaladi.

— Finalda kim bilan to‘qnash kelishni istagan bo‘larding? — deya Mayka Richards CBS Sports studiyasida Sakaga savol berdi.

— Siz mendan buni so‘ray olmaysiz! Bilasiz-ku, men baribir qolipdagi (standart) javobni berishga majburman. Lekin qalbimizning tub-tubida kim bilan o‘ynashni istayotganimizni o‘zingiz yaxshi bilasiz... Bu men ayta oladigan bor gap, — deya javob qaytardi yarim final javob uchrashuvida yagona gol muallifi bo‘lgan Bukayo.

Kiritildi: 09:16, 06.05.2026.
O'qildi: 649 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик