Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

«Al-Hilol» Kanseluning narxini tushirdi, ammo «Barselona» baribir norozi

«Al-Hilol» Kanseluning narxini tushirdi, ammo «Barselona» baribir norozi

Baho:
+ | -

«Al-Hilol»ning qanot himoyachisi, ayni damda ijara asosida «Barselona»da to‘p tepayotgan Joau Kanselu butunlay Kataloniya klubiga o‘tishi mumkin.

Diario SPORT nashri tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, «Al-Hilol» Kanselu uchun «Barselona»dan o‘n million yevro talab qilmoqda, biroq «ko‘k-anorranglilar» bu miqdordagi pulni to‘lashga tayyor emaslar. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar shu oy davomida davom etadi. Agar transfer amalga oshsa, Kanselu «Barselona» bilan ikki yillik yoki «1+1» sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolaydi.

Qayd etish joizki, avvalroq «Al-Hilol» himoyachi uchun 15 million yevro so‘ragan edi, biroq keyinchalik futbolchining narxini tushirdi.

Kataloniyaliklar 31 yoshli portugaliyalik futbolchini shu yilning yanvar oyida ijaraga olishgan edi. O‘shandan beri u barcha musobaqalarda 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:32, 06.05.2026.
O'qildi: 935 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик