Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Desayi: «Bavariya» g‘alaba qozonishi kerak, «PSJ» u qadar barqaror emas»

Desayi: «Bavariya» g‘alaba qozonishi kerak, «PSJ» u qadar barqaror emas»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Marsel Desayi Chempionlar ligasida «Bavariya» g‘olib chiqishini istashini ma’lum qildi.

«Kim g‘alaba qozonishini bilmayman, lekin men boshqa bir jamoa g‘olib bo‘lishini istardim. Barcha tarkiblarga nazar tashlab, bu «Bavariya» bo‘lishi kerak deb hisoblayman.

Bunga sabab — ularning so‘nggi ikki mavsum davomida Bundesligada ko‘rsatgan barqarorligi. Ularda qiyinchiliklar bo‘ldi, ammo o‘zlaridagi iqtidorli tarkibga moslashish uchun falsafasini to‘g‘ri yo‘nalishga sola olishdi.

Ularning joriy mavsumdagi barqarorligi shuni ko‘rsatmoqdaki, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun aynan shunday jamoalar kerak. «PSJ» esa jarohatlar sababli beqaror o‘yin ko‘rsatdi.

Shuning uchun bugun ayta olamanki, agar Chempionlar ligasining navbatdagi g‘olibi «Bavariya» bo‘lsa, bundan albatta xursand bo‘laman», — dedi «Marsel», «Milan» va «Chelsi» klublari sobiq o‘yinchisi The Italian Football Podcast podkastida.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi Chempionlar ligasining ilk finalchisi «Arsenal» bo‘ldi. Ikkinchi finalchi esa bugun tunda Myunxenda aniqlanadi.

Kiritildi: 17:22, 06.05.2026.
O'qildi: 252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик