Kirish Ro'yxatdan o'tish

Palmer «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi

Palmer «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Koul Palmer shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin. Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, futbolchi yozgi transfer oynasida «Manchester Yunayted»ga o‘tish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.

Biroq, voqealarning bunday rivoji hali ham kam ehtimolli bo‘lib qolmoqda. Chunki «qizil iblislar» shu yozda futbolchining transferi bo‘yicha taklif bilan chiqishlari dargumon. «Chelsi» ichidagi manbalar Daily Mail nashriga klubning pozisiyasi qat’iy ekanligini bildirishgan: London klubi Palmer bo‘yicha har qanday taklifni rad etadi va u yozgi transfer oynasida hech qayerga ketmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Koul Palmer Manchesterda tug‘ilgan va garchi «Manchester Siti» akademiyasida tahsil olgan bo‘lsa-da, bolaligidan «Manchester Yunayted» muxlisi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:31, 06.05.2026.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик