Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Eron futbol federasiyasi rahbari: «JCHda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini haqorat qilmaslik bo‘yicha kafolatlar kerak»

Eron futbol federasiyasi rahbari: «JCHda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini haqorat qilmaslik bo‘yicha kafolatlar kerak»

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Taj 2026 yilgi jahon chempionati tashkilotchilariga nisbatan talab qo‘ydi.

Aprel oyi oxirida Taj boshchiligidagi Eron delegasiyasi FIFA kongressida ishtirok etish uchun Vankuverga uchib kelgan edi, biroq «immigrasiya idoralarining hurmatsiz munosabati tufayli» vataniga qaytishga qaror qilgandi. Keyinroq Kanada immigrasiya vaziri Lena Metledj Diab Eron futbol federasiyasi rahbarining Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) bilan aloqalari borligi sababli uning vizasi u samolyotda bo‘lgan vaqtda bekor qilinganini tasdiqladi.

«U yerga borishimiz uchun tizimimiz ramzlarini, ayniqsa, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusini haqorat qilishga haqlari yo‘qligi haqida kafolatlar kerak. Ular bunga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim. Agar ular shunday kafolat berib, majburiyat olsalar, Kanadadagi kabi hodisalar boshqa takrorlanmaydi.

Biz saralashdan o‘tgan jahon chempionatiga boryapmiz va bizning mezbonimiz FIFAdir, janob Tramp yoki Amerika emas. Agar ular bizni qabul qilishga rozi bo‘lsalar, unda harbiy institutlarimizni hech qanday tarzda haqorat qilmaslikni ham tan olishlari kerak. Chunki bunday holat yuz bersa, tabiiyki, Kanadadagi kabi vaziyat kelib chiqishi mumkin va biz qaytib ketishga majbur bo‘lamiz. Shuning uchun, u yerga xotirjam borishimiz uchun kafolatlar bo‘lishi shart», — dedi Taj IRIB nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. AQSH 2019 yilda, Kanada esa 2024 yilda IIQKni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan edi

Kiritildi: 18:00, 06.05.2026.
O'qildi: 322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик