«Ayaks» vingeri Mika Godts faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin. Jurnalist Lentin Gudeykning ma’lumotlariga ko‘ra, 20 yoshli futbolchini sotib olishga «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda.
Biroq, Niderlandiya klubi belgiyalik futbolchisining sotuvi uchun katta mablag‘ talab qiladi. Bundan tashqari, Godtsga «Arsenal», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Barselona» va «Bavariya» kabi boshqa grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda.
Mika Godts 2023 yilda «Genk»dan «Ayaks»ga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda belgiyalik futbolchi «Ayaks» safida barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Godtsning qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.













