«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Glen Jonson London klubini kim boshqarishi kerakligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.
«Chelsi» ham top-murabbiylarni, ham istiqbolli mutaxassislarni tayinlab ko‘rdi. Hamma narsani yutgan tajribali murabbiymi Tuxel? Uni iste’foga chiqarishdi. Yosh va istiqbolli murabbiylarmi Mareska va Rossenyor? Ularni ham haydashdi. Menimcha, ular muayyan bir profilni qidirishmayapti, ular uchun faqat g‘alaba qozonish muhim. «Chelsi»ning navbatdagi murabbiyi kim bo‘lishidan qat’i nazar, unga vaziyatni tuzatish va g‘alaba qozonishni boshlash uchun vaqt kerak», — deya Jonsonning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Metro.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» joriy mavsumni Enso Mareska qo‘l ostida boshlagan edi, biroq italiyalik mutaxassis yanvarda ishdan bo‘shatildi. Uning o‘rniga tayinlangan Liam Rossenyor esa klubda uch oydan sal ko‘proq ishlab, aprel oyida iste’foga chiqarildi,













