Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Arsenal»ning rejasi chippakka chiqdi

«Arsenal»ning rejasi chippakka chiqdi

Baho:
+ | -

Aprel oyi oxirida yarim himoyachi Kobbi Maynu «Manchester Yunayted» bilan yangi shartnoma imzoladi. 21 yoshli futbolchining kelishuvi 2031 yilga qadar uzaytirildi.

Jurnalist Kris Uilerning ma’lumotlariga ko‘ra, istiqbolli xavbek atrofidagi vaziyatni boshqa klublar, jumladan, Londonning «Arsenal» jamoasi ham diqqat bilan kuzatib borgan. «Kanonirlar» futbolchi uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanar edi, biroq «qizil iblislar» bilan yangi shartnoma imzolangani e’lon qilingach, tabiiyki, qiziqish susaydi.

Maynu Ruben Amorim davrida asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan edi, shu sababli ma’lum vaqt uning jamoadan ketishi ehtimoli ancha yuqori tuyulgandi. Portugaliyalik mutaxassis iste’foga chiqarilib, Maykl Karrik tayinlanganidan so‘ng, chiqib kelayotgan yulduz uchun asosiy tarkibda yana joy topildi.

Kiritildi: 03:04, 07.05.2026.
O'qildi: 306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик