«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn jamoasining Chempionlar ligasini tark etganiga munosabat bildirdi. Myunxen grandi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ga imkoniyatni boy berdi (5:6). «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Bu juda og‘ir. Bugun bizda ko‘proq gol urish va finalga chiqish uchun yetarlicha vaziyatlar bo‘lgandi. Endi bor e’tiborimizni Germaniya Kubogi finaliga tayyorgarlikka qaratishimiz kerak. Biz hali ham mavsumni «oltin dubl» bilan yakunlashimiz mumkin», — deya jurnalist Florian Plettenberg uy uchrashuvining 94-daqiqasida myunxenliklarning yagona goliga mualliflik qilgan Keynning so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» Bundesligada chempionlikni allaqachon naqd qilib qo‘ygan, Germaniya Kubogi finalida esa «Shtutgart»ga qarshi maydonga tushadi.













