Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Devid Bekxem Luis Enrikening «PSJ»dagi ish uslubi haqida gapirdi

Devid Bekxem Luis Enrikening «PSJ»dagi ish uslubi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» klubi egasi Devid Bekxem «PSJ»ning Chempionlar ligasi yarim finalida ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»dan ustun kelganidan keyin (5:4, 1:1) parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikening klubdagi faoliyati qanday boshlangani haqida so‘zlab berdi.

— Men «PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfiy bilan suhbatlashdim. Uning aytishicha, Luis Enrike ishining birinchi yilida deyarli har kecha mashg‘ulot bazasida uxlar ekan. U jamoa qanday ko‘rinishda bo‘lishi, qanday o‘ynashi va tarkibda kimlarni ko‘rishni istashi ustida ishlagan. Prezident bunday holatni avval hech qachon ko‘rmaganini aytdi, — dedi Devid Bekxem CBS Sports efirida.

Titul uchun bahsda parijliklar Londonning «Arsenal» klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 30 may kuni Vengriyada bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili ham «PSJ» finalda ishtirok etib, «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan holda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:34, 07.05.2026.
O'qildi: 219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик