Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

“Barselona” Levandovski o‘rniga “PSJ” hujumchisini olib kelmoqchi

“Barselona” Levandovski o‘rniga “PSJ” hujumchisini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning “Barselona” klubi Londonning “Chelsi” jamoasi o‘z hujumchisi Joau Pedruni sotmasligini ma’lum qilganidan so‘ng, transferlar ro‘yxatida “PSJ” hujumchisi Gonsalu Ramush asosiy nishonga aylandi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiya klubi zaxira o‘yinchisi maqomidan norozi bo‘layotgan 24 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor. Ta’kidlanishicha, “Barselona” portugaliyalik hujumchini qo‘lga kiritish uchun “Chelsi” bilan raqobatlashishi mumkin.

Joriy mavsumda Ramush barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, “Ko‘k-anorranglilar”ning 37 yoshli hujumchisi Robert Levandovski va Turinning “Yuventus” klubi shaxsiy shartnoma shartlarini to‘liq kelishib olgani, kelishuv bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining yillik maoshi turli bonuslarni hisobga olmaganda, taxminan 6 million yevroni tashkil qilishi xabar berilgan edi.

Levandovski 2022 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib keladi. U hozirga qadar kataloniyaliklar tarkibida 189 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 119 ta gol va 24 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:46, 07.05.2026.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик