«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Ivisa Olich Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan Myunxen klubi va «PSJ» o‘rtasidagi javob uchrashuvi (1:1) yakunlari bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:5), parijliklar finalga yo‘l olishdi.
«Bugun «Bavariya» jamoasini ko‘rdim, albatta, mag‘lubiyatdan keyin kayfiyat yaxshi emas. Bu tabiiy hol. Kecha katta o‘yin, ajoyib oqshom bo‘ldi. Men o‘sha yerda edim va shuni aytishim kerakki, «PSJ» «Bavariya»dan biroz kuchliroq ko‘rindi va haqli ravishda finalga chiqdi. Parijliklar himoyada a’lo darajada o‘ynashdi, bu ular uchun odatiy hol emas.
«Bavariya»da deyarli vaziyat bo‘lmadi — ular har o‘yinda kamida 10 ta imkoniyat yaratishardi, lekin kecha buni uddalay olishmadi. «PSJ» esa birinchi qarshi hujumdayoq gol urdi. Meni «PSJ»da hammaning — Kvara, Dembele va boshqalarning himoyada qanday ishlagani hayron qoldirdi.
Muxlislar Parijdagi kabi ko‘p golli o‘yin kutishgandi. Lekin kecha eng muhimi finalga chiqish edi. «PSJ» va «Bavariya» bu mavsumda dunyodagi eng yaxshi futbolni o‘ynashmoqda, ammo eng asosiy bahsda bir jamoa kuchliroq bo‘lib chiqdi», — dedi Olich «Chempionat» muxbiri bilan suhbatda.













