Kirish Ro'yxatdan o'tish

YEL. «Frayburg» o‘z maydonida «Braga»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

YEL. «Frayburg» o‘z maydonida «Braga»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Baho:
+ | -

«Frayburg» o‘z maydonida Yevropa Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Braga» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Mehmonlar deyarli butun o‘yin davomida bir kishi kam bo‘lib harakat qilishdi — 6-daqiqadayoq Mario Dorgeles qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Mezbonlar safida Lukas Kyubler dubl qayd etdi. 33 yoshli himoyachi 19 va 72-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Yana bir golga 41-daqiqada Yoxan Manzambi mualliflik qildi.

Portugaliya klubining yagona javob to‘pi 79-daqiqada Pau Viktor tomonidan kiritildi.

Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi o‘yin — 1:2) «Frayburg» zafar quchdi va Yevropa Ligasi finaliga yo‘l oldi. Germaniya klubi o‘z tarixida ilk bor yevrokuboklar finalida ishtirok etadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:12, 08.05.2026.
O'qildi: 798 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик