«Aston Villa» o‘z maydonida Yevropa Ligasi yarim finalining javob uchrashuvida «Nottingem Forest» ustidan 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Mezbonlar safida Jon Makginn dubl qayd etdi (77 va 80-daqiqalar). Shuningdek, Olli Uotkins (36-daqiqa) va Emiliano Buendia (57-daqiqada penaltidan) o‘z hisoblariga bittadan gol yozdirib qo‘yishdi.
Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi uchrashuv — 0:1) «Aston Villa» zafar quchdi va Yevropa Ligasi finaliga yo‘l oldi. Finalda Birmingem klubi «Frayburg»ga qarshi bahs olib boradi.













