Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabregas APLdan tushgan ikkita taklifni rad etdi

Fabregas APLdan tushgan ikkita taklifni rad etdi

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas o‘z lavozimini tark etishga shoshilmayapti. Ispaniyalik mutaxassis Italiyada muvaffaqiyatli ish olib bormoqda va Yevropadagi eng talabgir yosh murabbiylardan biri hisoblanadi. Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli murabbiy Angliya Premyer-ligasining ikki vakilidan tushgan takliflarga allaqachon rad javobini bergan. Klublarning nomlari hozircha oshkor qilinmayapti.

Xabar qilinishicha, Sesk Fabregas «Komo»da yana kamida bir mavsum qolishga tayyor. «Arsenal», «Chelsi» va «Barselona»ning sobiq yarim himoyachisi boshqarayotgan jamoa A Seriyaning 35 turidan so‘ng turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 10:01, 08.05.2026.
O'qildi: 1245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик