Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Liverpul» yozda kamida besh nafar futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda

«Liverpul» yozda kamida besh nafar futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» yana bir yirik transfer kampaniyasini o‘tkazish va kamida besh nafar yangi futbolchini tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Nashr jurnalisti Jeyms Pirsning ma’lum qilishicha, Muhammad Saloh va Endi Robertson jamoani tark etganidan keyin klub yangi mavsum oldidan tarkibni jiddiy yangilamoqchi. Asosiy e’tibor hujum chizig‘i, yarim himoya va himoyaning ikki qanotini kuchaytirishga qaratilgan.

Qayd etilishicha, «Liverpul» Saloh o‘rniga o‘ng qanot hujumchisini qidirmoqda. Shuningdek, Ugo Ekitike axill payi og‘ir jarohat olgani sababli yana bir hujumchi olib kelish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, klub markaziy yarim himoya hamda o‘ng va chap qanot himoyachilari pozisiyalarini ham kuchaytirish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Ehtimoliy nomzodlar qatorida Yan Dyomande, Entoni Gordon, Adam Uorton, Alexandro Balde va Denzel Dumfris bor.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda mersisaydliklar tarkibni yangilash uchun taxminan 440 million funt sarflagan edi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 14:51, 08.05.2026.
O'qildi: 1549 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик