Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» Valverde va Tchuamenini jarimaga tortdi

«Real» Valverde va Tchuamenini jarimaga tortdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi o‘z rasmiy saytida yarim himoyachilar Federiko Valverde va Orelyen Tchuamenini 500 ming yevrodan jarimaga tortgani haqida bayonot berdi.

«Real Madrid» ma’lum qiladiki, futbolchilarimiz Federiko Valverde va Orelyen Tchuameniga nisbatan intizomiy ish ochilishiga sabab bo‘lgan voqealar tufayli, ularning ikkalasi ham bugun tergovchi oldida ko‘rsatma berdilar.

Ko‘rsatma berish davomida futbolchilar sodir bo‘lgan voqeadan to‘liq afsusda ekanliklarini bildirib, bir-birlaridan uzr so‘rashdi. Shuningdek, ular klub, jamoadoshlari, murabbiylar shtabi va muxlislardan kechirim so‘rab, klub maqsadga muvofiq deb hisoblagan har qanday jazoni qabul qilishga rozi bo‘lishdi.

Ushbu holatlarni inobatga olgan holda, «Real» Madrid har bir futbolchiga 500 ming yevro miqdorida moliyaviy jarima qo‘llashga qaror qildi va shu bilan ichki tekshiruv jarayonini yakunladi», — deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, payshanba, 7 may kuni mashg‘ulot vaqtida Valverde va Tchuameni o‘rtasida og‘zaki nizo kelib chiqqan va u kiyinish xonasida mushtlashuvga aylanib ketgan edi. To‘qnashuv natijasida urugvaylik futbolchi boshidan jarohat olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Kiritildi: 20:35, 08.05.2026.
O'qildi: 1196 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик