Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Bornmut» 15 yoshli qizga hushomad qilgani uchun futbolchisini jamoadan chetlatdi

«Bornmut» 15 yoshli qizga hushomad qilgani uchun futbolchisini jamoadan chetlatdi

Baho:
+ | -2

«Bornmut» matbuot xizmati jamoa himoyachisi Alexandro Ximenesning chetlatilgani haqida xabar berdi. Futbolchi Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasidagi «Fulxem»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Bunga sabab — ijtimoiy tarmoqlarda ispaniyalik futbolchining 15 yoshli qiz bilan yozishmalari tarqalib ketganidir. Qiz yozishma davomida o‘z yoshini avvaldan aytgan bo‘lishiga qaramay, Ximenes u bilan gaplashishda davom etgan.

«Bornmut» ijtimoiy tarmoqlarda o‘ng qanot himoyachisi Alexandro Ximenesga taalluqli tarqalgan xabarlardan xabardor.

Klub vaziyat naqadar jiddiy ekanini tushunib turibdi, ayni damda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijada, futbolchi Premyer-liganing ertangi «Fulxem»ga qarshi o‘yini qaydnomasiga kiritilmaydi. Klub hozircha boshqa hech qanday qo‘shimcha izoh bermaydi», — deyiladi «Bornmut» rasmiy saytida.

Eslatib o‘tamiz, «Fulxem» va «Bornmut» o‘rtasidagi uchrashuv 9 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:43, 08.05.2026.
O'qildi: 400 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик