Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya - Senegal
02/07 05:00 AQSh - Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

APL top-klubi Shevalyega da’vogarlik qilmoqda

APL top-klubi Shevalyega da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» darvozaboni Lyuka Shevalye kelganiga bor-yo‘g‘i bir yil bo‘lganiga qaramay, klubni tark etishi mumkin. Fransiyalik posbonning kelajagi noaniq qolmoqda u Parij grandi asosiy tarkibidagi joy uchun kurashda Matvey Safonovga imkoniyatni boy berdi.

Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» Shevalyeni o‘z darvozaboni Alisson Bekkerga o‘rinbosar sifatida ko‘rib chiqmoqda. Braziliyalik posbonning «Yuventus»ga o‘tishi kutilmoqda.

Lyuka Shevalye o‘tgan yilning avgust oyida «Lill»dan 40 mln yevro evaziga «PSJ»ga o‘tgan edi, biroq o‘z o‘yini bilan murabbiy Luis Enrikeni ishontira olmadi. 24 yoshli darvozabon parijliklar safida 26 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 28 ta to‘p olib chiqdi. Transfermarkt portali uning qiymatini 30 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 06:35, 09.05.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик