Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Chempionlar ligasi finaliga qanday tayyorgarlik ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

«PSJ» Chempionlar ligasi finaliga qanday tayyorgarlik ko‘rishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+2 | -

«PSJ»ning «Arsenal»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuviga qay tarzda tayyorgarlik ko‘rishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

L'Équipe nashrining ta’kidlashicha, parijliklar Fransiya chempionati yakunlanganidan keyin alohida yig‘inlar yoki o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Vaholanki, jamoa Liga 1 doirasidagi so‘nggi o‘yinini 17 may kuni o‘tkazadi, final esa 30 mayda.

Kutilishicha, chempionatning yakuniy o‘yinidan so‘ng «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike futbolchilarga kamida uch kunlik ta’til beradi, shundan so‘ng mashg‘ulotlar boshlanadi. Mutaxassis jamoaning qayergadir safar qilishini va ortiqcha zo‘riqishini istamayapti. U klubning mashg‘ulot bazasini tayyorgarlik ko‘rish uchun eng yaxshi makon deb hisoblaydi.

Kiritildi: 14:18, 09.05.2026.
O'qildi: 613 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик