Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» futbolchisi «el-klasiko»ga qadar safga qaytishni istamoqda

«Barselona» futbolchisi «el-klasiko»ga qadar safga qaytishni istamoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Andreas Kristensen Madridning «Real» klubiga qarshi bahsgacha maydonga qaytishga shoshilmoqda. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Biroq, daniyalik futbolchining «el-klasiko»ga qadar safga qaytishi ehtimoli past deb baholanmoqda. Kristensen 29 apreldan beri mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, «Barselona» uning tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmoqda. Hattoki himoyachiga tibbiy xodimlar tomonidan o‘ynashga ruxsat berilgan taqdirda ham, uning «Real»ga qarshi bahsda maydonga tushishi amrimahol.

Kristensenning «Barselona»dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Klub ancha oldin unga maoshi kamaytirilgan yangi shartnoma taklif qilgan, biroq futbolchi haligacha javob bermagan.

La Liganing 35-turi doirasidagi «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi to‘qnashuv 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:27, 09.05.2026.
O'qildi: 1051 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик