Kirish Ro'yxatdan o'tish

Slot: «Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ni mag‘lub eta oladigan birorta jamoa yo‘q»

Slot: «Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ni mag‘lub eta oladigan birorta jamoa yo‘q»

Baho:
+ | -

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoasining joriy Chempionlar ligasidagi natijalari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi. Mersisaydliklar musobaqadagi ishtirokini chorak final bosqichida, Fransiyaning «PSJ» klubiga imkoniyatni boy berib yakunlashgan edi.

«Biz Chempionlar ligasining umumiy bosqichida 3-o‘rinni egalladik, pley-offda «Galatasaroy»ni mag‘lub etdik va «PSJ» tomonidan musobaqadan chiqarib yuborildik. Hozirda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ni mag‘lub eta oladigan birorta jamoa mavjud emas», — deya Slotning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

30 may kuni Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi va unda «PSJ» «Arsenal» bilan to‘qnash keladi. Angliya chempionatida esa «Liverpul» 35 o‘yinda 58 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 14:37, 09.05.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик