Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Liverpul» - «Chelsi» uchrashuvi asosiy tarkiblari e’lon qilindi

APL. «Liverpul» - «Chelsi» uchrashuvi asosiy tarkiblari e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Bugun, 9 may kuni Angliya Premyer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi 36-turidan o‘rin olgan markaziy bahs — «Liverpul» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Liverpuldagi «Enfild» stadionida o‘tkaziladi. Bahsni bosh hakam Kreyg Pouson boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari:

«Liverpul»: Mamardashvili, van Deyk, Konate, Kerkez, Frimpong, Soboslai, Mak Allister, Jons, Gravenberx, Gakpo, Ngumoa.

«Chelsi»: Yorgensen, Gyusto, Fofana, Koluill, Kukurelya, Xato, Kaysedo, Santos, E. Fernandes, Palmer, Pedro.

Angliya chempionatining 35 turidan so‘ng mersisaydliklar 58 ochko jamg‘arib, to‘rtinchi o‘rinni egallab turishibdi. «Ko‘klar» esa 48 ochko bilan to‘qqizinchi pog‘onadan joy olgan.

O‘tgan turda Arne Slot shogirdlari «Manchester Yunayted»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, London klubi «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:55, 09.05.2026.
O'qildi: 831 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик