Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-0 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 0-0 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 0-0 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

Mesut O‘zil «Real»ning «Barselona»dan uchragan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyati va Mourinyoning reaksiyasini xotirladi

Mesut O‘zil «Real»ning «Barselona»dan uchragan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyati va Mourinyoning reaksiyasini xotirladi

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Mesut O‘zil 2010 yilda «El-Klasiko»da qayd etilgan sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng kiyinish xonasida nimalar sodir bo‘lganini so‘zlab berdi.

«Biz «Barselona»ga 0:5 hisobida yutqazgandik. Kiyinish xonasida hammamiz Mourinyo hozir g‘azabdan portlasa kerak, deb o‘ylagandik. Ammo u kirib keldi va hammamizga: «Boshingizni ko‘taring, men — Joze Mourinyoman. Kelasi yili biz ularni yer tishlatamiz», dedi. Yakunda xuddi u aytganidek bo‘ldi», — deya O‘zilning so‘zlarini keltirmoqda Vav TV.

Eslatib o‘tamiz, «Real» 2010 yilning 29 noyabrida «Kamp Nou»da kechgan bahsda 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Ertaga, 10 may kuni Ispaniya chempionati doirasida navbatdagi «El-Klasiko» bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yinda «Barselona» g‘alaba qozonsa, muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

Kiritildi: 19:59, 09.05.2026.
O'qildi: 1180 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик