Kirish Ro'yxatdan o'tish

Eron JCH-2026 tashkilotchilari oldiga 10 ta shart qo‘ydi

Eron JCH-2026 tashkilotchilari oldiga 10 ta shart qo‘ydi

Baho:
+ | -

Eron futbol federasiyasi (FFIRI) 2026 yilgi Jahon chempionatida terma jamoa ishtirokini kafolatlash uchun tashkilotchilar oldiga 10 ta talab qo‘ydi. Bu haqda Le Parisien nashri federasiya bayonotiga tayanib xabar bermoqda.

Eron tomoni talab qilgan shartlar qatoridan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusida xizmat qilgan futbolchi va murabbiylarga viza berilishi, mamlakat bayrog‘i va madhiyasiga hurmat bilan yondashish, shuningdek, aeroport, mehmonxona va stadionlarga borish yo‘nalishlarida yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash kabi bandlar o‘rin olgan.

«Biz Jahon chempionatida albatta ishtirok etamiz, biroq mezbon davlatlar bizning xavotirlarimizni inobatga olishi shart. Turnirda qatnashamiz, lekin o‘z e’tiqodimiz, madaniyatimiz va qarashlarimizdan voz kechmaymiz», — deyiladi federasiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Eron sport vaziri Ahmad Dunyomaliy FIFAdan turnirni Amerikada o‘tkazish haqidagi qarorni bekor qilishni talab qilgan edi. Shunga qaramay, OFK bosh kotibi Vindzor Jon Eron terma jamoasi turnirda qatnashish niyatida ekanini tasdiqlagan.

Ma’lumot uchun, Eron guruh bosqichida Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr bilan kuch sinashishi kerak. Ushbu guruhdagi barcha o‘yinlar AQSH hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 22:04, 09.05.2026.
O'qildi: 1611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик