Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Yevropa klublari e’tiborida

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Yevropa klublari e’tiborida

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li faoliyatini yana Yevropada davom ettirishi mumkin. The Sun nashrining xabar berishicha, kichik Ronalduga Lissabonning «Sporting» va Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 15 yoshli futbolchi faoliyatini Yevropa klublarida rivojlantirish istagida. U bungacha «Yuventus» va «Manchester Yunayted»ning yoshlar jamoalarida o‘ynab, katta tajriba to‘plagan edi.

Avvalroq, «An-Nasr» rahbariyati kichik Ronalduni kelasi mavsumdan boshlab asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yilning iyun oyida tug‘ilgan kichik Krishtianu 2025 yilning oktyabr oyida ilk bor Portugaliyaning 16 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasiga chaqirilgan edi.

Kiritildi: 22:13, 09.05.2026.
O'qildi: 1582 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик