Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Bavariya» sport direktori Kvarasxeliyaning jamoa ko‘rigida bo‘lganini tasdiqladi

«Bavariya» sport direktori Kvarasxeliyaning jamoa ko‘rigida bo‘lganini tasdiqladi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Kristof Froynd «PSJ» hujumchisi Xvicha Kvarasxeliyaning ukasi — Tornike Kvarasxeliya jamoa ko‘rigida bo‘lganini tasdiqladi.

«U bizning qarorgohimizda bo‘lganini tasdiqlay olaman. Tornike sinov tariqasidagi o‘yinda ishtirok etdi va jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashdi. U iste’dodli yosh futbolchi. Voqealar rivojini kuzatamiz», — deya Froyndning so‘zlarini keltirmoqda Bayern and Germany nashri.

Xabar qilinishicha, Myunxen klubi rahbariyati Tbilisining «Dinamo» klubi a’zosi hisoblangan 16 yoshli hujumchiga shartnoma taklif qilgan.

Ma’lumot uchun, kichik Kvarasxeliya yaqinda ilk bor Tbilisining «Dinamo» klubi asosiy jamoasi qaydnomasidan joy olgan edi. U Gruziya chempionati 10-turi doirasidagi «Dinamo Batumi»ga qarshi bahsda (2:2) zaxirada qoldirilgan.

Kiritildi: 22:16, 09.05.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик