Kirish Ro'yxatdan o'tish

Endrik Mbappe atrofidagi tanqidlar va unga qarshi imzo to‘planayotgani haqida gapirdi

Endrik Mbappe atrofidagi tanqidlar va unga qarshi imzo to‘planayotgani haqida gapirdi

Baho:
+ | -2

«Real» hujumchisi, hozirda ijara asosida «Lion» safida to‘p surayotgan Endrik madridliklar yulduzi Kilian Mbappe manziliga aytilayotgan tanqidiy fikrlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Mbappe haqida nima deyishayotgani men uchun ahamiyatsiz. U yana «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritishiga umid qilaman. U ko‘plab gollar urib, «Real»ga yordam berayotganini ko‘rib turibman», — deya Endrikning so‘zlarini keltirmoqda SoFoot nashri.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni «Real» muxlislari Mbappening jamoadoshlari va klubga bo‘lgan munosabatidan norozi bo‘lib, unga qarshi petisiya e’lon qilgani haqida xabar berilgandi. Qisqa vaqt ichida ushbu hujjatga 40 milliondan ortiq kishi imzo chekkan.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe joriy mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Madrid klubidagi umumiy statistikasi 100 ta o‘yinda 85 ta gol va 11 ta golli uzatmani tashkil etmoqda.

Kiritildi: 22:49, 09.05.2026.
O'qildi: 992 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик