Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola: «U meni hayron qoldirdi»

Gvardiola: «U meni hayron qoldirdi»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa himoyachisi Mateus Nunesning o‘yinidagi o‘sishni yuqori baholadi. Ispaniyalik mutaxassis asli yarim himoyachi bo‘lgan portugaliyalik futbolchini mudofaaning o‘ng qanotiga o‘tkazgan edi va endilikda ushbu qaror o‘z samarasini bermoqda.

Gvardiolaning fikricha, Nunes yangi pozisiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylangan.

«Bu uning o‘z ustida ishlashi natijasidir. Unda barcha jismoniy ma’lumotlar bor: yarim himoyachi kabi pas beradi va ayni paytda yuqori tezlikka ega. Mateus o‘zining taktik intellekti bilan meni hayron qoldirdi. U oldinga qadam tashladi va maqtovlarga loyiq. Unga tor doirada o‘ynash noqulay bo‘lishi mumkin, lekin bo‘sh hududlarda juda foydali», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni APL doirasida «Brentford»ga qarshi kechgan bahsda (3:0) Nunes to‘liq harakat qilib, «shaharliklar»ning g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan edi.

Kiritildi: 05:52, 10.05.2026.
O'qildi: 946 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик