Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Messi navbatdagi golini urdi: Argentinalik yulduz Ronalduni quvishda davom etmoqda

Messi navbatdagi golini urdi: Argentinalik yulduz Ronalduni quvishda davom etmoqda

Baho:
+ | -

Futbol tarixida 900 tadan ortiq gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilar — Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘z natijalarini yaxshilab bormoqda. Har ikki yulduz faoliyati davomida 1000 ta gol marrasini zabt etishga yaqin turibdi.

Yaqindagina Krishtianu Ronaldu o‘zining faoliyatidagi 971-golini nishonlagan edi. Shanba kuni «Inter Mayami» safida «Toronto»ga qarshi maydonga tushgan Lionel Messi ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, faoliyatidagi gollari sonini 907 taga yetkazib oldi. Ayni damda 41 yoshli portugaliyalik va 38 yoshli argentinalik futbolchilar o‘rtasidagi farq 64 ta golni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, Lionel Messi qariyb uch yildan buyon AQSHning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:32, 10.05.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик